Prezident qarori bilan Şahlo Turdiqulova innovatsion rivojlaniş vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Innovatsion rivojlaniş vazirligi xabar berdi.
Ş.Turdiqulova şu vaqtga qadar Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Ilğor texnologiyalar markazi direktori lavozimida işlab kelayotgandi.
Şahlo Turdiqulova 1973 yil Toşkent şahrida tuğilgan. Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston milliy universitetini tamomlagan.
U biologiya fanlari doktori, professor. “Döstlik” ordeni sohibasi.
Ş. Turdiqulovaning ilmiy faoliyati davomida 160dan ortiq ilmiy işlari, jumladan 2ta öquv darslik va 2 monografiyasi çop etilgan. Xalqaro ilmiy matbuotda 40dan ortiq maqolalari e'lon qilingan.

















