“Recruit Consulting Work xususiy bandlik agentligi” MÇJ mansabdor şaxslari 2019 yilning yanvar oyidan noyabr oyiga qadar fuqarolarga Koreya, Yaponiya, Latviya, Litva, Çexiya, Niderlandiya, Germaniya, Şvetsiya, Slovakiya davlatlarda iş topib beriş va işga joylaştirişni va'da qilgan holda ularni aldab, juda köp miqdordagi pullarini firibgarlik yöli bilan egallagan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 23 noyabr kuni J.A. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar berilgan edi.
Tergov harakatlari IIV huzuridagi Tergov departament iş yurituviga qabul qilinib, viloyatlarda istiqomat qiluvçi 1100dan ortiq jabrlanuvçilarni söroq qiliş va ular bilan boğliq tergov harakatlarini ötkaziş maqsadida tegişli Tergov boşqarmalariga alohida topşiriqlar yuborilgan.
Jinoyat işi böyiça tört nafar şaxs Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a,v” bandlari, 211-moddasi (pora beriş) 3-qismi “b” bandi, 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a,v” bandlari va 184-moddasi (soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş) 3-qismi bilan ayblanuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida aniqlanişiça, mazkur xususiy bandlik agentligi tomonidan 1087 nafar fuqarolarga jami 6,2 mlrd söm miqdorida zarar yetkazilgan. Yetkazilgan zararning 272 mln sömi naqd pul körinişida qoplangan, 48,7 mln sömlik tovar-moddiy boyliklari hamda 505,6 mln sömlik pul mablağlari xatlangan.
Jamiyat xodimlari fuqarolardan aldov yöli bilan şartnomadan taşqari naqd pul körinişida 650 mln sömdan ortiq mablağlarini olişgan. Bundan taşqari, jamiyat mansabdor şaxslari fuqarolarni Taşqi mehnat migratsiyasi agentligida çet tillari böyiça imtihonlardan ötkaziş va Yaponiyaga yuborişni va'da qilib, aldov yöli bilan

















