Britaniya muzeyi Samarqanddagi maqbaradan öğirlangan, XIII–XIV asrlarga oid koşinlar partiyasi Özbekistonga repatriatsiya qilinişida kömaklaşadi. Tarixiy buyumlar 2020 yilning yanvarida London aeroportida kontrabanda mahsuloti sifatida olib qöyilgan, deb xabar tarqatdi The Guardian.
Özbekiston Madaniyat vazirligi uşbu xabarni tasdiqladi. Qayd etiş joiz, bu – Özbekistondagi obidalar koşinlarining çetga olib çiqib ketilişi bilan boğliq birinçi holat emas.
Ingliz naşriga köra, 6ta koşinni yanvar oyida BAAning Dubay şahridan Londondagi Xitrou aeroportiga keltirgan şaxs bu buyumlarni Şarja şahridan, 315 dirhamga (85 dollar atrofida) sotib olganini aytgan va buni «tasdiqlovçi» kvitansiyani ham körsatgan. U koşinlar «xuddi qadimiy aşyodek körinadigan» qilib yasalganini bildirgan.
«Aslida esa bu bölaklar bir neça ön ming funt turadi va ular asl vatani – Özbekiston madaniyati uçun muhim ahamiyatga ega», – deb yozadi The Guardian.
Xalqaro maslahat kengaşi

Foto: Jon Uilyams / Britaniya muzeyi
Ingliz çegara xizmati uşbu buyumlar tarixiy va qimmatbaho bölişi mumkinligini gumon qilib, ularni örganiş uçun Britaniya muzeyiga topşiradi. May oyida dunyoning 7ta mamlakati olimlari iştirokida maslahatlaşuv kengaşi tuziladi.
Özbekiston Madaniyat vazirligi xabariga köra, kengaşdan özbek mutaxassislaridan taşqari Angliyaning Oksford va Kembrij, Şotlandiyaning Edinburg, Kanadaning York va Turkiyaning Hoji Bayram Veli universitetlari, AQŞning Boston kolleji, Eron Milliy muzeyi, Rossiya Ermitaji olimlari ham örin olgan.
«Pandemiyaga qaramay, juda qisqa vaqt içida va butun dunyo böylab köplab mutaxassislar guruhi yiğilgani qoyilmaqom iş böldi», – deya Britaniya muzeyining Yaqin Şarq bölimi katta kuratori doktor Jon Simpsonning sözlarini keltirmoqda The Guardian.
Koşinlar ÖzFA Arxeologiya instituti, Samarqanddagi qöriqxona yoki muzeydan olib ketilgan bölişi mumkin





















