Tibbiyot

Stokholmdagi Nobel qömitasi 5 oktyabrda tibbiyot yönalişidagi ğoliblar nomini e'lon qildi. Mukofot S gepatiti virusini topgan amerikalik Harvi Olter va Çarlz Rays hamda britaniyalik Maykl Houtonga berildi.  

Uşbu virus odamlarda va şimpanzeda C gepatiti kasalligini keltirib çiqaradi. U 1989 yilda topilgan bölib, şimpanzeda A gepatiti yoki V gepatitiga öxşaş kasallikni keltirib çiqargan, ammo ulardan birontasi bölmagan virusning DNK nusxasini klonlaş orqali aniqlangan.

Olter, Rays va Houtonning tadqiqoti uşbu virusning aniqlanişida muhim rol öynadi. Olter AQŞ Milliy soğliqni saqlaş institutlaridagi hamkasblari bilan birgalikda qon quyilgan bemorlarda gepatit holatlarini örganib çiqdi. Olimlar ma'lum bölgan A va V gepatitlari bilan bir qatorda, ularga öxşaş yana bir kasallik mavjudligini isbotladi. Öşanda noma'lum qözğatuvçi uni şimpanzelarga yuqtirişi mumkinligi aniqlandi. Kasallik «na A, na V» gepatit deb nomlangan.

Maykl Houton uşbu noma'lum kasallikning genetik asosini ajratiş ustida işlagan.

Fizika

6 oktabr kuni angliyalik fizik Rojyer Penrouz, germaniyalik astrofizik Raynhard Gensel va amerikalik astronom Andrea Gez fizika böyiça mukofotga loyiq deb topildi. Penrouz uşbu mukofotga qora tuynuklarning paydo bölişi umumiy nisbiylik nazariyasining işonçli başorati ekanligi, Gensel va Gez esa Somon yöli markazida supermassiv ixçam obekt topilganligi uçun sazovor böldi.

Umumiy nisbiylik nazariyasiga köra, qora tuynuklar - ulkan tortişiş kuçiga ega kosmik obektlar bölib, ular haqiqatan mavjud. Biroq hatto uşbu nazariyaning yaratuvçisi - Albert Eynşteyn ham bunga işonmagan. 1965 yilda bölajak nobeliat Rojyer Penrouz qora tuynuklar haqiqatan ham mavjudligini isbotladi va ularning tuzilişini batafsil bayon qildi.