«Yuksalish» umummilliy harakati siyosiy partiyaga aylanadimi?

«Yuksalish» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov Kun.uz’ga bergan intervyusida harakat maqsad va vazifalari haqida gapirib, uning siyosiy partiyaga aylanishi masalasida munosabat bildirdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodovga ko‘ra, ushbu masala yuzasidan juda ko‘p murojaat bo‘ladi.
«Lekin harakatning maqsad va vazifalarida siyosiy partiyaga aylanish kabi bir maqsad yoki tashabbus yo‘q. Qolaversa, biz uchun eng muhimi — harakatni jamiyatdagi siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga faol jalb qilinadigan, katta jamoat tashkilotini tashkil etish hisoblanadi. Hozirda «Yuksalish» umummilliy harakatini nafaqat ichki masalalarda, balki tashqi masalalarda ham milliy manfaatlarni himoya qilayotganini ko‘rishimiz mumkin», — deydi u.
Shuningdek, suhbat davomida Bobur Bekmurodov harakat nodavlat-notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tganligiga qaramasdan, uning faoliyatida ko‘proq hukumat tashkiloti sifatida pozitsiya tutishi haqidagi savolga javob bergan.
«Meni ham bu masala juda o‘ylantiradi. Biz uchun eng asosiysi qilayotgan tadqiqot va monitoring harakatlarimiz, qolaversa, a'zolar bilan birgalikda ilgari surayotgan takliflarimizning mustaqilligini ta'minlashdir. Agar biz davlat idoralarining ta'siriga tushib qolsak, bu siz aytgandek tashkiliy va shakliy ahamiyat kasb etadi», — degan u.
Ma'lumot uchun, «Yuksalish» umummilliy harakati 2019 yil 24 yanvarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Tashkilot prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 17 yanvardagi tegishli farmoni bilan tashkil etilgan. Tashkilotning asosiy maqsadi xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantirish, rejalashtirilgan, shu jumladan davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarning amalga oshirilishi jarayonini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va xalq deputatlari mahalliy kengashlarida muhokama qilishda faol ishtirok etish hisoblanadi. Uning raisi Oliy Majlis deputatlari orasidan saylanadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMAS garovdagi so‘nggi amerikalikni ozod qildi
Jahon | 22:02
-
Yelisey saroyi Makron ishtirokidagi videoga izoh berdi
Jahon | 21:30
-
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
Jahon | 21:23
-
Xonanda Sardor Mamadaliyev she’rdan ruxsatsiz foydalangani uchun jarimaga tortildi
Jamiyat | 21:21
Mavzuga oid

16:10 / 03.12.2024
Qaysi deputat qanday ovoz bergani ochiq bo‘lishi kerak - Bobur Bekmurodov

21:04 / 02.12.2024
“Suverenitetga tahdid bo‘lsa, bu ro‘yxatni albatta ishlatamiz” - Bobur Bekmurodov nomaqbul shaxslar haqida

15:34 / 20.10.2024
Rossiyalik deputat O‘zbekiston fuqarolariga viza rejimini joriy etishga chaqirdi. Jamoatchilik bunga javob qaytardi

18:44 / 03.07.2024