Prezidentning “2021 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
2021 yilda quyidagi qöşimça dam oliş kunlari belgilanişi mumkin:
2 sentabr-payşanba;
3 sentabr-juma.
2021 yilda dam oliş kuni 27 mart-şanba, 22 mart-duşanba kuniga köçiriladi.
2021 yil 2 yanvar-şanba, 4 sentabr-şanba va 22 mart-duşanba kunlari barça xodimlar uçun iş haftasining turidan qat'i nazar, dam oliş kuni hisoblanadi.
Budjet taşkilotlarida qöşimça dam oliş kunlari har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligini ikki iş kuniga qisqartiriş hisobiga qoplanadi.
Har yilgi mehnat ta'tili davrida saqlanadigan örtaça oylik iş haqi miqdorini hisoblaşda mehnat ta'tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga qöşimça dam oliş kuni qöşiladi.
Har yillik mehnat ta'tilining davomiyligi qisqartiriş hisobga olingan holda ön beş iş kunidan kam bölmasligi kerak.
Budjet taşkiloti hisoblanmagan taşkilotlarda qöşimça dam oliş kuni mehnat ta'tiliga qöşimça boşqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib çiqqan holda, jamoa şartnomalari yoki iş beruvçilar tomonidan kasaba uyuşmasi qömitalari bilan kelişib qabul qilinadigan boşqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Transport vazirligi, Yoşlar işlari agentligi, Kasaba uyuşmalari federatsiyasi kengaşi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda bayram (işlanmaydigan) kunlarning uzaytirilişini hisobga olgan holda, respublika aholisi uçun içki turizm va faol dam oliş yönalişlarini, transport va mehmonxona xizmatlari uçun çegirmalar berilişini hamda aksiyalar ötkazilişini taşkil etadi.

















