Lufthansa Technik kompaniyasining kasaba uyuşmasi Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning rasmiy safarlarida foydalaniladigan samolyotga texnik xizmat körsatişni rad etişga çaqirdi. Bu haqda Onliner.by naşriga Belarus demokratik kasaba uyuşmalari kongressi vakili Aleksandr Yaroşuk xabar berdi.

Uning sözlariga köra, Belarus demokratik kasaba uyuşmalari kongressi xizmat körsatiş sohasidagi birlaşgan nemis işçilari kasaba uyuşmasi - Verdi’dan bildirişnoma olgan. Ma'lum qilinişiça, uşbu uyuşma tarkibiga Lufthansa Technik kasaba uyuşmasi ham kiradi.

Xabarda aytilişiça, Lukaşenkoga tegişli bölgan Boeing 737 samolyoti 13 oktabr kuni Hamburg aeroportiga kelib qöngan. Kasaba uyuşmasi uşbu samolyotni ta'mirlaş va unga texnik xizmat körsatişdan boş tortgan kompaniya xodimlarini jazolamaslikka çaqirdi.

Yaroşuk, şuningdek, kasaba uyuşmasining çaqiriqlaridan söng Lufthansa Technik bortga xizmat körsatişni rad qilişi aniq emasligini ham bildirdi.

“Kompaniya ma'muriyati ğalati vaziyatga tuşib qolgan, men bilmayman ular qanday qaror qabul qiladi: şartnomaga muvofiq iş tutadimi yoki öz işçilari bilan “tili bir joydan çiqadimi”, - deya uning sözlaridan iqtibos keltiradi Onliner.by.

"Garçi, biz, Lufthansa Technik kasaba uyuşmasi faollari, iqtisodiy inqiroz vaqtida iş beruvçilar bilan qiyin muzokaralar olib borayotgan va sizlarning manfaatlaringiz uçun kuraşayotgan bölsak ham, şunga qaramay xalqaro birdamlik odatimizni unutmaymiz va belaruslik işçilar bilan yonma-yon turamiz" - deyiladi Lufthansa Technik kompaniyasi işçilariga tarqatilgan varaqada. 

Belarusda norozilik namoyişlari boşlanganidan söng Germaniya muxolifatni qöllaşini ma'lum qilgan. Mamlakat yetakçisi Angela Merkel Lukaşenkoning raqibi Svetlana Tixanovskaya bilan uçraşuv ötkazdi. Germaniya taşqi işlar vaziri Hayko Maas esa Yevroittifoq tomonidan Lukaşenkoga şaxsiy çeklov çoralari – sanksiyalar kiritiş taklifi bilan çiqqan.