Oliy Majlis Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi raisi Erkin Gadoyevning yozişiça, yaşirin iqtisodiyot turli şakllarda namoyon bölişi va mamlakatda uning darajasi yuqoriligiça qolayotganligi heç kimga sir emas. Buni mamlakatning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi örnidan ham körsa böladi. Xususan, uşbu reytingda respublika 186 mamlakat orasida 114-örinni egallaydi.
“Albatta, sönggi yillarda biznesga qöşimça qulayliklar yaratiş orqali yaşirin iqtisodiyot uluşini kamaytiriş çoralari körilmoqda. Moliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan Prezident Farmoni loyihasi ham uşbu islohotlarning davomi sifatida ezgu maqsadlarni nazarda tutişi şubhasiz.
Biroq yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşişda iqtisodiy faollikka zarar yetkazib qöymaslik lozim. Aks holda oldimizga qöyilgan maqsadlar hamda amalga oşirilayotgan islohotlarga salbiy ta'sir körsatişi mumkin”, - deb yozadi Erkin Gadoyev.
Uning sözlariga köra, farmon loyihasi yuzasidan soha mutaxassislari, ekspertlari, ilmiy doira vakillari, jurnalist va blogerlar tomonidan ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qömitasi va Markaziy bankka öz takliflarini kiritdi.
“Öylaymizki, mas'ul vazirlik va idoralar jamoatçilik fikrini e'tiborga olib, uşbu Farmon loyihasini qayta körib çiqadi”, - deydi Senat qömitasi raisi.

















