19 oktabr, duşanba kunidan boşlab, turli yuqumli mavsumiy infeksiyalar tarqalişining oldini oliş maqsadida Toşkent şahar jamoat transporti (avtobus, metro, yönalişli taksi) xizmatidan foydalanganda yölovçilarning tibbiy niqob va qölqopda böliş tartibi joriy etiladi.
Transport vazirligidan ma'lum qilişlariça, bunda taşuvçilar tomonidan jamoat transporti yölovçilariga qölqoplar bepul taqdim etiladi.
“Yölovçilar metro stansiyalariga kirişda, avtobus hamda mikroavtobusga çiqiş vaqtida kassa xodimlari, konduktor va haydovçilardan qölqoplarni olişlari mumkin”, –deyiladi xabarda.
Vazirlik bunday tartib joriy etilişidan “yagona maqsad – fuqarolar salomatligini asraş” ekanini ta'kidlagan. Ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari mazkur qaror qölqop biznesi egalarining (ehtimol, transport taşkilotlari bilan hamkorlikdagi) lobbisi bölişi mumkinligini aytişmoqda.
Transport vazirligining mazkur taşabbusi Respublika maxsus komissiyasi yoki Soğliqni saqlaş vazirligi bilan kelişilgani yoki kelişilmagani haqida ma'lumot yöq.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti qölqopdan foydalaniş COVID-19 tarqalişining oldini olişda samarasiz ekanini, aksinça virus yuqtirib oliş ehtimolini oşirişini bildirgan. JSST jamoat transporti va boşqa jamoat joylarida qölqop örniga taşrif buyuruvçilarning qöllarini dezinfeksiya qilişni tavsiya etgan.
Avvalroq, Soğliqni saqlaş vazirligi butun respublika böyiça örnatib çiqilgan dezinfeksiya tunnellarini “koronavirusga qarşi eng samarasiz çora” deb e'lon qilgan va bu hatto odamlar salomatligi uçun xavfli ekanini bildirgan, natijada bunday tunnellardan foydalaniş taqiqlangan, bu ham jamoatçilikda norozilik uyğotgan edi.
Transport vazirligiga köra, Toşkent jamoat transportida niqob va qölqopda yuriş talabi amal qila boşlagaç, vazirlik va tegişli huquq organlari iştirokida maxsus işçi guruhi tuziladi va jamoat transportida


















