«Hozir hatto qadimgi tillarning ham korpuslari işlab çiqilgan»
— Axborot asrida rivojlanişga da'vogar har qanday til sun'iy intellekt tiliga aylanişi kerak. Ona tilimizning dunyo miqyosidagi nufuzi faqat taşviqot-tarğibot bilan oşmaydi.
Sun'iy intellektga doxil bölmagan tilning taraqqiyoti haqida gap oçiş ham töğri emas.
Bu muammolarni hal etiş borasida olimlar tomonidan köplab ilmiy tadqiqot va amaliy işlar bajarilişi kerak. Buning natijasi ölaroq, özbek sun'iy intellekti, özbek intellektual sistemasi yoki özbek ekspert sistemasi kabi yangi ilmiy tuşunçalar zamonaviy fanlarimiz doirasida keng yoyilmoği lozim.
Sun'iy intellekt metodlari asosida aniq bir predmet, til sohasiga tegişli intellektual masalalarni yeçişga möljallangan dasturiy yoki texnik sistemalar intellektual sistemalar deb yuritiladi. Muayyan predmet sohasidagi masalalarni amaliy yeçişga möljallangan intellektual sistemalar esa ekspert sistemalardir. Xullas, bularni özbek tili doirasida yaratiş uçun milliy kompyuter lingvistikasi sohasi jadal va keng qamrovli, tizimli va aniq maqsad-rejali rivojlanmoği lozim.
Demak, zamonaviy tadqiqotlar, hatto kompyuter lingvistikasi taraqqiyoti uçun ham til korpuslarini yaratiş zarur ekan.
Korpus – til birliklarining xususiyatlarini aniqlaş maqsadida qidiruv dasturiga böysundirilgan matnlar majmui, tabiiy tildagi elektron şaklda saqlanadigan yozma yoki oğzaki, kompyuterlaştirilgan qidiruv tizimiga dasturiy ta'minot asosida joylaştirilgan matnlar jamlanmasi. Til korpuslari – til böyiça tadqiqot va amaliy topşiriqlar yeçimi uçun inkor etib bölmas iş quroli.
Jahon tillarining juda köpçiligi mukammallik darajasi va matnni ilmiy qayta işlaş imkoniyati bilan farq qiluvçi öz milliy korpuslariga ega. Milliy til va davlat tili taraqqiyotida milliy korpuslar ahamiyati va örnining qançalik muhimligini davr körsatmoqda.
Nafaqat dunyo tili sanalgan ingliz, ispan, xitoy, arab, fransuz, rus, nemis tillarining milliy korpuslari yaratilgan, balki polyak, polyak-ukrain, çex, slovak, serb, xorvat, bosniya, bolgar, bolgar-rus, makedon, şotland, niderland, niderland-fransuz, şved, dat, norveg, island, farer, örta asr fransuz tili, ispan, italyan, portugal, rumin, litva, latiş, grek, şarqiy arman, osetin, alban, hind, xett, fin, ural tillari, eston, veps, venger, udmurt, gruzin, ingliz-gruzin, lazgin, turk, tatar, tojik, boşqird, qrim-tatar, qalmiq, buryat, mongol, arab, ivrit, amxar, yapon, qadimiy yapon, baman, esperanto tillarining ham korpuslari mavjud.

















