Yoki xohlagan ota-ona bolasini onlayn öqitişni davom ettirsa böladimi, deya berilgan savolga javob qaytarildi.
«Butun dunyodagi singari yurtimizda ham pandemiya hali barqarorlaşgani yöq. Şu sababli gibrid şakldagi ta'lim hali davom etadi.
Ya'ni farzandi salomatligidan xavotir oladigan, uydagi karantin holati yaxşi bölmagan ota-onalarning fazandlari masofaviy şaklda ta'lim olişni davom ettirişlari mumkin.
Bugungi kunda respublikamizdagi 10 ming 8ta maktabdan 9 ming 990tasi ya'ni 99,8 foizi tölaqonli ravişda işlamoqda. Öquvçilardan 4,5 mln nafari, ya'ni 72 foizi an'anaviy, qolgan 1,7 mln nafari, ya'ni 28 foizi onlayn şaklda tahsil olmoqda.
Öquvçilarning masofaviy şaklda ta'lim olişi bekor qilingan taqdirda ham bugun Onlayn-maktab loyihasi uzatilayotgan telekanallardan qöşimça ta'lim oliş uçun foydalaniş közda tutilgan, bu esa hududlardagi köpçilik maktablardagi öquvçilarga sifatliroq qöşimça ta'lim oliş uçun imkoniyat beradi», dedi vazirlik vakili AOKAda ötkazilgan brifingda.

















