Şimoliy Koreyaning Kimsuky xakerlar guruhi Rossiyaning qator taşkilot-korxonalariga hujum uyuştirdi, deb ma'lum qildi Positive Technologies xavfsizlik markazi ekspertlari.
Markazning yetakçi mutaxassisi Denis Kuvşinovning sözlariga köra, Kimsuky guruhi 2013 yildan beri ma'lum, "guruh asosan josuslikka ixtisoslaşgan".
"Öz vaqtida hukumat taşkilotlari, aerokosmik va mudofaa sanoati korxonalari, yadro fizikasi sohasida tadqiqotlar bilan şuğullanuvçi kompaniyalar uşbu guruh qurboni bölgan. Guruh odatda AQŞ va Janubiy Koreya taşkilotlariga hujum qilib kelgan", - dedi Kuvşinov.
Group-IB kompaniyasining murakkab tahdidlar bölimi boşliği Anastasiya Tixonovaning ma'lumot berişiça, Kimsuky guruhi şuningdek, Velvet Chollima, Black Banshee nomlari bilan ham tanilgan.
Uning sözlariga köra, Kimsuky Janubiy Koreya, Rossiya, Ukraina, Slovakiya va Turkiyaning harbiy taşkilotlariga hujum qilgan.
"Kasperskiy laboratoriyasi" eksperti Denis Legezoning aytişiça, guruh ilgari siyosat bilan boğliq kiberjosuslik bilan şuğullangan bölsa, endilikda sanoat josusligi ham guruhning faoliyat doirasidan örin olgan.

















