16 oktabr kuni Toşkent şahar ma'muriy sudida «UzAuto Motors»ning Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas, deb topiş töğrisidagi şikoyat arizasini körib çiqiş böyiça ötkazilayotgan sud jarayoni davom etdi. Sud işining uçinçi yiğilişida prokuror özgardi, Toşkent şahar prokurori yordamçisi Babayanning lavozimi özgarişi munosabati bilan uning örniga işda prokuror yordamçisi Erkin Vohidov iştirok etdi. Işni körib çiqiş «UzAuto Motors» vakili savollari bilan boşlandi.

Erkin Vohidov

«Biz qömita tomonidan sudga taqdim etilgan hujjatlarni asoslantirib, izohlab berişini söraymiz», — dedi kompaniya vakili.

Sudya Ğolib Davlatovning aytişiça, «UzAuto Motors» qömita maxsus komissiyasi qaroriga hukumatga kiritilgan ma'lumotnoma asos bölganini ta'kidlab, ana şu ma'lumotnomani asoslantiruvçi hujjatlarni sudga taqdim etişni söragandi. Bu iltimosnoma qanoatlantirilgan va Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi sudga asoslantiruvçi hujjatlarni taqdim etdi. Kompaniya vakili esa endilikda ana şu hujjatlarni muhokama etişni taklif qildi.

Vakilning bildirişiça, keltirilgan ma'lumotdagi avtomobil narxlari kompaniya taqdim etgan ma'lumotlar bilan mos keladi. Şu tufayli, qömita kompaniya pozitsiyasini yoqlab, buni hujjatlar bilan tasdiqlagan.

 Bekzod Ummatov

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi vakili Ummatov mazkur holatlarga izoh berdi:

«Hurmatli sud, ötgan safar jamiyat vakillarining talabiga asosan topşiriqqa kiritilgan dalolatnoma böyiça asoslantiruvçi hujjatlarni beriş taqdim qilingan edi. Hujjatlar mazkur şaklda berildi. Hujjatlar nusxasi sudga berilgan. Bu yerda biz keltirilgan ma'lumotlarni asoslab, ularni raqamlab va ularga tegişli bölgan hujjatlarni raqamlab taqdim etdik. Tuşunişimça jamiyat a'zosining savoli mana şu hujjatlar mazmuni haqida. Ötgan safar majlisda jamiyat tomonidan 4 masala yuzasidan e'tiroz bildirgan edi. Birinçisi mahsulot tannarxini ikki foizga kamaytirişga erişilganligi. Bu masala xatda körsatilgan, raqobatbardoşlikni örganiş doirasida 2 foiz deyilgan. Raqobatbardoşlik örganilgan muddatda bu körsatkiç korxona tomonidan berilgan ma'lumot xati bilan berilgan ma'lumotlar edi. U yerda bu son 2,4 foizni taşkil qiladi, buni butun holda beradigan bölsak 2 foiz bu holat sifatida körsatilgan.