Norvegiyaning aholisi soni böyiça uçinçi yirik şahri - Tronxeymda mamlakatda avvalroq aylanib yurgan koronavirus ştammlaridan farqlanuvçi mutatsiya qilgan yangi ştamm aniqlandi. Virusning uşbu turi 16-18 oktyabrda 8 kişida aniqlangan.
Yangi ştammda virusning sirtidagi oqsil farqlanib, u virusning inson hujayralariga birika olişiga ta'sir qilişi mumkin. “Hozirça bu özgariş virusning yuquvçanligiga qançalik ta'sir qilişi noma'lum”, deb aytgan Aholi soğliğini saqlaş milliy instituti seksiya rahbari Karolina Bragstad.
Şaharning boş şifokori Tuve Resstadning ma'lum qilişiça, virusning yangi mutatsiyasi yuqumliroq bölişi mumkin. Uning aytişiça, bu ştamm odamdan odamga osonroq yuqadi va uning alomatlari tezroq paydo böladi. Ta'kidlanişiça, hozirda şaharda koronavirus oson tarqalmoqda, buning uçun odamlar yaqin aloqada bölişlari şart emas.
Ma'lum qilinişiça, yangi ştamm virusning Norvegiyada aniqlanayotgan ikkinçi mutatsiya qilgan turidir. Sentyabrda mamlakatning janubiga avtobusda safar amalga oşirgan bir neça pensionerda virusning yangi ştammi aniqlangan.
Norvegiya rasmiy idoralari Yevropaning qolgan davlatlarida kasallaniş holatlari köpayayotgani sababli fuqarolarga xorijga çiqmay turişni tavsiya qilgan.

















