Oq uy O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a'zo etib saylanganiga munosabat bildirdi
Amerika tashqi siyosat kengashi huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti Markaziy Osiyo mintaqasida AQShning yangi strategiyasini amalga oshirishga bag‘ishlangan brifing tashkil qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
O‘zbekiston elchixonasi ma'lumotlariga ko‘ra, brifingda AQShning rasmiy (Davlat departamenti, Savdo vazirligi, Savdo vakili idorasi, USAID) va ishbilarmon doiralari, ekspertlar hamjamiyati, ommaviy axborot vositalaridan 400ga yaqin kishi ishtirok etdi. Markaziy Osiyo va Kavkaz institutining raisi Frederik Starr moderator bo‘ldi.
Oq uy rahbari yordamchisi o‘rinbosari, Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktor Liza Kertisning ta'kidlashicha, 2020 yil fevral oyida Qo‘shma Shtatlar so‘nggi yillarda yuz bergan o‘zgarishlarga asoslanib, Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasini e'lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning strategik maqsadi har bir mamlakat o‘z milliy maqsadlarini amalga oshirishiga qodir bo‘lgan barqaror va xavfsiz mintaqani rivojlantirishga ko‘maklashishdir.
Liza Kertisning aytishicha, Vashington Markaziy Osiyoni qo‘shni davlatlardagi Amerika manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan mustaqil geostrategik mintaqa sifatida ko‘radi. Shu tariqa, ushbu mamlakatlarning suvereniteti va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, Qo‘shma Shtatlarning asosiy strategik maqsadlari Markaziy Osiyoda yaqin hamkorlik va mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish uchun terroristik tahdidlar darajasini pasaytirishni o‘z ichiga oladi. Uning ta'kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonni tinchlik jarayoni va mintaqa bilan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishda qo‘llab-quvvatlab, AQSh uchun investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi.
Oq uy vakili qonun ustuvorligi va inson huquqlari AQSh uchun Markaziy Osiyoda ustuvor vazifa ekanligini ta'kidladi. Vashington hukumat e'tiborini dolzarb muammolarni hal qilishga qaratib, keng aholi manfaatlarini ifoda etuvchi fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish jarayonini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.
Liza Kertisning so‘zlariga ko‘ra, AQSh mintaqa mamlakatlarida islohot va o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirmoqda, bunda inson salohiyatiga va institutsional jihatdan mustahkamlashga e'tibor qaratilgan. Vashington diniy erkinlikni qo‘llab-quvvatlaydi, huquqiy va ma'muriy islohotlarni rag‘batlantiradi hamda ommaviy axborot vositalarining rivojlanishiga yordam beradi.
Qo‘shma Shtatlar bu borada ba'zi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rmoqda. O‘zbekiston huquq va asosiy erkinliklarni himoya qilish borasida katta yutuqlarga erishdi, bu esa butun mintaqada o‘zgarishlarga ijobiy turtki beradi.
Elchixonaning xabar berishicha, AQSh prezidenti yordamchisining o‘rinbosari O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylanishini olqishlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurash va diniy e'tiqod erkinligini ta'minlash kabi muhim islohotlar olib borilmoqda. AQSh so‘nggi ikki yil ichida respublika sezilarli yutuqlarga erishganini ko‘rmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil may oyida AQShga rasmiy tashrifi, shuningdek, ikki mamlakat oliy delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari inson huquqlari sohasidagi ijobiy tendensiyalarga hissa qo‘shdi. Liza Kertis O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashida o‘z salohiyati bilan ijobiy rol o‘ynashiga ishonch bildirdi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024