Kun.uz saytida litseyning birinçi kursini endigina tamomlagan samarqandlik qizning nomusiga tegilgan bölişi mumkinligi haqida jurnalist suriştiruvi e'lon qilingandi. Kattaqörğon tuman IIB mazkur holatda jinoyat alomatlari bölmagan, deb topib, jinoyat işi qözğatişni rad etgan edi.

Maqola e'lon qilingaç, Samarqand viloyat prokuraturasi Kattaqörğon tuman IIB Tergov bölimining jinoyat işi qözğatişni rad etiş haqidagi qarorini bekor qilib, işni qöşimça örganiş uçun qaytargandi.

Qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlari natijasiga köra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Buni jabrlanuvçining yaqinlari va Kun.uz'ning içki işlar idoralaridagi manbasi tasdiqladi.

Dastlabki tergov harakatlarini Samarqand viloyat IIB Tergov boşqarmasi olib borayotgani aytilmoqda.

«Vaziyatni prokuratura nazoratga olgaç, Kattaqörğon tumaniga borib, hodisa sodir bölgan uy IIB vakillari hamrohligida örganildi. 10 oktabr kuni jinoyat işi qözğatildi. Şundan söng tergovga çaqirişdi. Tergovga J.U. ham çaqirilgandi, ammo öşa voqea sodir bölgan kunda xonandaning yonida turgan ikki şerigi keldi, xolos.

Istardikki, bu safar tergov bir tomonlama bölib qolmaydi, xolislik ta'minlanadi», – deydi qizning otasi.

Kun.uz masala yuzasidan viloyat IIB bilan boğlandi.

«Haqiqatan ham qiz öşa kuni özini zörlangani haqida aytmoqda. Zörlaş va nomusga tegiş alomatlari bölgani sababli joriy yilning 10 oktyabrida holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Inson şa'ni va qadr-qimmati bilan boğliq bölgani sababli tergovning boşqa tafsilotlari oşkor qilinmaydi. Tergov yakuniga köra, qonuniy qaror qabul qilinişi ta'minlanadi», – dedi Kun.uz suhbatlaşgan viloyat IIB rasmiysi.

Jinoyat kodeksining 118-moddasiga köra, nomusga tegiş, ya'ni zörlik işlatib, qörqitib yoki jabrlanuvçining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qiliş, sodir etilgan jinoyatning oğirlik darajasiga qarab 3 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.