“Xalq ta'limi sohasiga xususiy sektorni jalb qiliş böyiça vazifa qöyildiki, maktabgaça ta'lim sohasida xususiy sektor ança oldinga ketdi. Çunki juda katta yordam berildi, imtiyozli kreditlar berildi, juda katta islohotlar böldi. 

Tuman markazlarida ayrim maktablarda ta'lim sifati böyiça koeffitsiyent yuqori. Hamma bu yerga öz farzandini berişga harakat qiladi. Lekin ba'zi bir maktablar bor, tuman markazida bölib turib, koeffitsiyenti ança past, moddiy-texnik ahvoli ham xarob. Unga hozir qöşimça investitsiya ajratiş imkoniyati ham yöqdir. 

Agar şunday holatda biror tadbirkor özi sarmoya kiritib, maktabning obrösini kötarib, u yerda yana xususiy maktab oçaman, deydigan bölsa, davlat budjetidan ajratilayotgan pullar ham şundoqligiça qoldirilişiga ruxsat beriladi. Şu paytgaça bunday imkoniyat yöq edi. Ya'ni xususiy maktab qayerdadir bizning böş turgan binoni olmoqçi bölsa, hammasini özining yonidan qöşişi kerak edi. Hozir agar bu yerga davlat budjetidan muayyan miqdorda pul ajratilyaptimi, öşani ham qoldirib, undan ham zör şaroit qiliş majburiyati bilan beriş imkoniyati közda tutilyapti. 

Buni ham darrov boşqaça talqin qiliş kerak emas: maktablarni sotib yuborişmoqçi va hokazo. Bunday gap bölişi mumkin emas. Maqsad – xususiy sektorni imkon boriça ta'lim sohasiga investitsiya qilişga jalb etiş, qiziqtiriş. 

Ta'limni ham investitsiya jalb qiladigan yönalişga aylantirişimiz kerak. Şunda respublikada investitsiya mablağlari ham, mahalliy hokimiyatlarning özida qoladigan mablağlari ham, kerak bölsa, xususiy sektorning mablaği ham kelib, hamma ta'limga investitsiya qiladigan bölsa, haqiqatda prezidentimiz aytganlaridek, maktabga, maktab ta'limiga yordam beriş – haqiqiy umummilliy harakatga aylanib boradi”, deya Şerzod Şermatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.