«Prezidentimiz 2021-2022 yillarda elektr energiyasi tariflarini oşirmaslikni boş masala qilib qöydilar», - dedi u.
Energiya tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qiliş tariflarni oşiriş orqali emas, balki tannarxni pasaytiriş hisobiga amalga oşiriladi.
Joriy yilning 26 oktabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev elektr energetikasi korxonalarini transformatsiya qiliş böyiça ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Yiğilişda «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari», «Hududiy elektr tarmoqlari», «Issiqlik elektr stansiyalari» hamda «Özbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotlarni jahon standartlari asosida tayyorlaş tizimiga ötiş kerakligi ta'kidlandi.
«Bu xalqaro kredit reytingi oliş, kelgusida yevroobligatsiyalar çiqarişda muhim omil böladi. Mutasaddilarga şu maqsadlardan kelib çiqib, mazkur 4ta kompaniyaning uç yillik moliyaviy modeli va biznes rejalarini işlab çiqiş vazifasi qöyildi», – deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.













