Rossiya orqali Abxaziyaga işlaşga borgan, pandemiya tufayli uşbu hududda qolib ketgan vatandoşlar Taşqi işlar vazirligining bayonotiga işonib 15 oktyabrdan boşlab Abxaziya–Rossiya çegarasida töplana boşlagan, ularning yuzga yaqini ortga qaytişni istamay çegara-nazorat punkti atrofida tunayotgan edi.

Taşqi işlar vazirligining 30 sentabr kungi bayonotida 400ga yaqin vatandoşlarning birinçi guruhi oktabr boşida Özbekistonga qaytarilişi aytilgandi. Özbekistonning Rostov-Dondagi boş konsulligi boş konsuli Rustam Kurganbayev uşbu jarayonning çözilib ketganini charter reyslar bilan olib kelinadiganlar röyxatini tuzişga köp vaqt ketib qolgani, qolaversa, Rossiya Federatsiyasi Maxsus komissiyasidan Özbekiston fuqarolarining Soçi orqali olib çiqib ketilişiga ruxsat oliş keçikkani bilan izohlagandi.

Rustam Kurganbayevning xabar berişiça, 23 oktabr kuni Moskvada Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi örinbosari Tatyana Golikova rahbarligida bölib ötgan Maxsus komissiyaning navbatdagi yiğilişida Abxaziyada qolib ketgan özbekistonliklarni Rossiya orqali Özbekistonga qaytarişga ruxsat berilgan.

«Keça, 26 oktabr kuni ertalab fuqarolarimizning Abxaziya çegarasidan Rossiya hududiga ötişlariga va şu yerdan Özbekistonga charter reys bilan uçib ketişlariga ruxsat berilgani haqida Moskvadan xabar oldik. Bu xabarni öşa zahoti biz bilan aloqada bölib turgan insonlar orqali Abxaziyadagi vatandoşlarimizga yetkazdim.

28 oktabr kuni Uzbekistan Airways kompaniyasining ikkita samolyoti yetib keladi. Şu kunning özida 300 kişini Özbekistonga olib ketadi. Özim ham Soçi şahriga uçib ketyapman. Abxaziya–Rossiya çegarasiga yetib borib, fuqarolarimizni çegaradan olib ötiş va samolyotlarga yetkazib qöyiş işlariga şaxsan boş-qoş bölaman. Özbekistonliklar çegaradan to aeroportgaça bepul avtobuslarda yetkazib qöyiladi», – deydi Rustam Kurganbayev.

Ayni paytda Abxaziya–Rossiya çegarasida turgan surxondaryolik Rinat Yusupov Kun.uz bilan suhbatda boş konsulning sözlarini tasdiqladi. Uning aytişiça, Abxaziyadagi vatandoşlar Özbekistonga uçta samolyotda olib ketilişi rejalaştirilmoqda.