Özbekiston hamda Turkiya örtasida harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantiriş töğrisida bitim imzolandi. Bu haqda Özbekiston Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Turkiya mudofaa vaziri, general Xulusi Akar boşçiligidagi delegatsiyaning Özbekistonga taşrifi doirasida Mudofaa vazirligida qabul uyuştirilib, muzokaralar bölib ötdi.

Muzokaralar davomida mudofaa vaziri, general-mayor Bahodir Qurbonov va Xulusi Akar Özbekiston hamda Turkiya davlatlarini bir-biri bilan çambarças boğlab turuvçi jihatlarga alohida töxtalib ötişdi. Dini, tili, tarixiy urf-odatlari bir bu ikki xalqning döstona munosabatlari bundan keyin ham yanada mustahkamlanib borişiga işonç bildirişdi.

Muzokara davomida mudofaa vazirlari davlat rahbarlarining Özbekistonga va Turkiyaga amaliy taşriflari davomida erişilgan natijalarga, şuningdek harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, istiqboliga ham alohida e'tibor qaratişdi.

Muzokaralardan söng ikki davlat Mudofaa vazirligi rahbarlari hamkorlikni rivojlantiriş töğrisidagi bitimni imzoladilar.