Marosimda Özbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elçisi Baxtiyor Saidov, Guandun provinsiyasi va Guangçjou şahar xalq hukumati rahbarlari, mazkur provinsiyaning işbilarmon, jamoat va ekspert doiralari vakillari hamda vatandoşlarimiz iştirok etdi.

Tadbirda sözga çiqqan Baxtiyor Saidov boş konsulxonaning oçilişi Özbekiston va Xitoy örtasidagi köp qirrali munosabatlarni rivojlantiriş, barça sohalarda amaliy hamkorlik kölamini kengaytiriş, Özbekiston viloyatlari va Xitoyning janubiy provinsiyalari örtasidagi özaro tovar almaşuv hajmini köpaytirişga qöşimça turtki berişini qayd etdi.

Yirik sanoat, moliya va transport markazi bölgan Guangçjou şahri mintaqalararo aloqalarni rivojlantiriş, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, transport kommunikatsiyalari kabi va boşqa sohalardagi hamkorlikning mustahkamlanişida juda muhim örin tutişi qayd etildi.

Uşbu boş konsulxona okrugiga Guandun, Futszyan, Xunan, Xaynan provinsiyalari hamda Xitoyning Guansi-Çjuan avtonom tumani kiradi.

Boş konsulxonaning oçiliş marosimi doirasida Özbekistonning sarmoyaviy, eksport va sayyohlik salohiyati taqdimoti ham bölib ötdi.

Tadbir iştirokçilari e'tiboriga Özbekistonda yaratilgan jozibali işbilarmonlik muhiti, erkin iqtisodiy zonalar hududlarida biznes yuritiş uçun yaratilgan qulay şaroitlar, quriliş, töqimaçilik sanoati, qişloq xöjaligi jabhasini rivojlantiriş borasida erişilgan muvaffaqiyatlar hamda bu yönalişlardagi hamkorlikning istiqbollari töğrisida atrofliça ma'lumotlar taqdim etildi.