Bugun, 30 oktabr kuni, AOKAda “2020/2021 öquv yilida bakalavriat ta'lim yönalişlariga qabul uçun ötkazilgan test sinovi yakunlari, tahlil va xulosalar” mavzusida Davlat test markazi rahbariyati iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda DTM direktori örinbosari Sardor Rajabov harbiy tavsiyanomaga ega bölgan abituriyentlar xususida gapirdi.

“Harbiy qism qömondonligi tavsiyanomalari bilan boğliq muammolar bölib ötganidan xabaringiz bor. Şu sababli joriy yilda harbiy qism qömondonligi tavsiyanomasiga ega jami 13107 abituriyentning 1828 nafari qayta tekşirildi.

Qayta tekşiruv natijalariga köra, 1828 abituriyentdan 1516 nafari tavsiyanomaga ega ekani, qolgan 312 nafari soxta ekanligi aniqlandi. Ya'ni 172 abituriyent safarbarlik çaqiruv rezervida xizmat qilgani, 85 nafari harbiy xizmatni ötamagani va 55 nafari muddatli harbiy xizmatni ötgan bölsa ham, harbiy tavsiyanomaga ega emasligi tasdiqlandi.

Davlat komissiyasi 6-son bayoni bilan, harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlarning 128 nafari davlat grantiga, 478 nafari tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi”, – deya izoh berdi Sardor Rajabov.