Bu tizim quyidagi tartibda amalga oşiriladi:
I bosqiç — maişiy gaz ballonlariga maxsus ştrix kodli stikerlar örnatiladi;
II bosqiç — iste'molçilar ID kartalar bilan ta'minlanadi;
III bosqiç — mazkur jarayonlar «Ye-gaz» onlayn tizimiga ulanadi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, iste'molçiga berilgan ID kartada barça ma'lumotlar körinib turadi. Bu bilan endi narx-navoni asossiz oşiriş muammosi bölmaydi.
Şu bilan birga, bu tizimda gaz ballon tarqatiş oraliği 45 kun bölsa, 45 kun içida faqatgina bir marta pul yeçib olinadi. Ya'ni 45 kun içida ikkinçi bor gaz ballon olişning imkoni bölmaydi.
Avtomatlaştirilgan tizimda belgilangan mablağ tegişli muddatda yeçib olinadi. Ya'ni haydovçi-ekspeditor va ta'minotçi xodimlar tomonidan gaz ballon uçun qöldan naqd pul olinişiga yöl qöyilmaydi. Bu suyultirilgan gaz ta'minotida körsatilayotgan xizmat sifatini yanada oşirib, tizimdagi korrupsiya holatlarini bartaraf etişga imkon beradi.

















