Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Furqat Sanayevning xabar qilişiça, anjuman doirasida Alişer Şodmonov Turkiya soğliqni saqlaş vaziri Faxruddin Qovja bilan muloqot ötkazdi.
Özbekiston va Turkiya Soğliqni saqlaş sohasida mustahkam hamkorlik örnatgan. Ötgan yil kuzda Toşkentda bölib ötgan özbek-turk biznes forumi doirasida Faxruddin Qovja respublikaga taşrif buyurib, qator ikki tomonlama manfaatli kelişuvlar imzolangan edi.
Muloqot davomida Faxruddin Qovja mamlakatda tibbiyot sohasida amalga oşirilayotgan işlar, jumladan, koronavirusga qarşi kuraş borasidagi çora-tadbirlar haqida töxtalib, uşbu masalalarda mamlakatlar hamkorligi ikki tomon uçun ham manfaatli ekanini ta'kidladi.

Öz navbatida, Alişer Şodmonov turk qardoşlarning mamlakat tibbiyotiga kiritadigan investitsiyalari, özbek va turk mutaxassislarining özaro tajriba almaşişlari soha rivojiga ijobiy ta'sir qilayotganini e'tirof etdi. Pandemiya davrida qardoş davlat tomonidan mamlakatga berilayotgan madad uçun minnatdorçilik bildirdi.
Muloqot davomida qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan:
- farmatsevtika va tibbiy buyumlar işlab çiqarişga investitsiyalar jalb etiş;
- koronavirusga qarşi kuraşda malakali turk mutaxassislarini yurtimizga taklif etiş;
- koronavirusga qarşi turk vaksinalarning uçinçi bosqiçi sinovlarida birgalikda harakat qiliş;
- tibbiy ta'limda özaro hamkorlik;
- ikki mamlakat mutaxassislarining özaro tajriba almaşişi kabi qator masalalar muhokama qilindi.
Şuningdek, Alişer Şodmonov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi soğliqni saqlaş sohasida muvofiqlaştiruvçi qömita yiğilişi doirasida JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi boş kotibi Bağdad Amreyev, şuningdek, bir qator turk investorlari bilan muloqot ötkazdi.
















