Bu haqda Kun.uz muxbiriga «Özavtosanoat» qoşidagi R&D markazi muhandisi Fikret Umerov ma'lum qildi. Muhandisning aytişiça, «Labo»ning elektromodeli işlab çiqilgaç, uning sarf-xarajatlari keskin kamayadi. Loyiha qiymati 780 mln sömni taşkil etadi.

«Bizning markaz tomonidan «UzAutoMotors» talablariga muvofiq ravişda milliy elektromobilni yaratiş, avtomobillarni elektrlaştiriş möljal qilib olingan.

Buning uçun birinçi bölib «Labo» avtomobilini tanladik. Sababi, bu avtomobil konstruktiv nuqtai nazardan yengilroq va viloyatlarda keng işlatilayotgan, ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil hisoblanadi. 

Uşbu avtomobil tannarxini tuşiriş uçun uning konstruksiya qismlarini maksimal darajada saqlab qoliş harakatidamiz. Bu jarayonda maşinaning içki yonuv dvigateli va uzatmalar qutisi olib taşlanadi, örniga elektr dvigatel, reduktor va kontrollyor örnatiladi. Kinematik sxema va uni boşqaradigan elastik boşqaruv dasturini işlab çiqyapmiz. Şuningdek, boşqaruv matematik modelini yaratyapmiz.

«Labo» elektromobilining boşlanğiç tannarxi 10 ming AQŞ dollari atrofida böladi. Lekin bu mahalliylaştirilmagan holatida şunday. Qimmat, deyiş mumkin. Töğri, çunki detallar import qilinadi. Uni keyinçalik mahalliy işlab çiqarişga qöyiş uçun birinçi navbatda iqlim şaroitida sinovdan ötkaziladi. Bu böyiça Özbekiston standarti yaratilmagan. Buni ham özimiz yaratişimiz kerak. Negaki, bizning iqlim Yevropanikidan keskin farq qiladi», dedi u.

Muhandisning sözlariga köra, avtomobilning bir quvvatlanişi minimal 150 kilometr, maksimal 250 kilometrgaça masofaga yetişi közda tutilgan. Quvvatlaş 220 voltli tokdan bölsa, 4 soatdan 8 soatgaça, quvvatlaş stansiyasida esa maksimal 1 soat ketadi.

«Labo» elektromobilini yarim yil içida yaratiş közda tutilgan.

Avvalroq, Farğona viloyatida 2022 yilning 1 oktyabridan narxi 3 ming dollarga töğri keladigan elektromobillar işlab çiqariş möljallangani xabar qilingandi.