Bugun, 30 oktabr kuni Samarqand şahrida Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği, armiya generali Valeriy Gerasimov raisligida MDH davlatlari Qurolli kuçlari ştab boşliqlari qömitasi majlisi boşlandi.

«Joriy yilda xalqaro hamkorlik sohasidagi köplab tadbirlar yo video-konfrens-aloqa rejimida ötkazildi, yoki keyinroqqa surildi. Bu uçraşuv yuzma-yuz ötkazilişi boş ştablarimiz orasidagi işonç, yaxşi qöşniçilik va özaro hamkorlik darajasi yuqori ekanligidan dalolat», degan Valeriy Gerasimov qöşma majlisni oça turib.

Özbekiston Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği general-mayor Pavel Ergaşev özining kiriş sözida hamdöstlik doirasida hamkorlikning ustuvor yönalişi mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlaş, şuningdek, MDH davlatlari mudofaa idoralarining aksilterrorçilik yölidagi birgalikdagi harakati ekanligini ta'kidlab ötdi. 

«Bugun xalqaro terrorizm tahdidi ortib bormoqda, xalqaro mojarolarning eskilari keskinlaşuvi va yangi öçoqlari paydo böliş xavfi ortib bormoqda», degan u.

MDHga a'zo davlatlar harbiy delegatsiyalari rahbarlari Hamdöstlik davlatlari çegaralari böylab yuz berayotgan harbiy-siyosiy vaziyat böyiça fikr almaşişadi.

Majlisda Armaniston, Belarus, Ozarboyjon, Rossiya, Tojikiston, Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston harbiy delegatsiyalari, şuningdek, MDH Ijroiya qömitasi va MDH davlatlari mudofaa vazirlari kotibiyati vakillari iştirok etişgan.