Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabariga köra, qaror bilan vazirliklar va idoralarning rasmiy veb-saytlarida mulkdor (muassis, aksiyador, iştirokçi) funksiyalari amalga oşirilayotgan davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan xöjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarining asosiy ma'lumotlari va moliya-xöjalik faoliyatining körsatkiçlari oşkor etilişi belgilab qöyildi.

Jumladan:

  • ustav fondi miqdori va undagi davlat uluşi;
  • har çorak va yil yakunlari böyiça buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari;
  • işlab çiqariş körsatkiçlari;
  • iş örinlari soni;
  • korxonalar boşqaruv va nazorat organlari tarkibi.

2021 yil 1 yanvardan boşlab davlat iştirokidagi korxonalarning rasmiy veb-sayti bölişi lozim. Veb-saytlarda iqtisodiy, moliyaviy va boşqa statistik ma'lumotlar, har çorakda yillik biznes-rejaning bajarilişi va strategik maqsadlarga erişiş körsatkiçlari joylaştirilişi lozim.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligining maxsus axborot tizimida har çorak va yil yakunlari böyiça (çorak tugagandan söng 40 kun içida, moliya yilining 25 fevraligaça):

  • biznes-reja bajarilişi körsatkiçlari;
  • işlab çiqariş quvvatlaridan foydalaniş;
  • soliq va davlat maqsadli jamğarmalariga tölovlar;
  • taşqi qarzdorlik;
  • mahalliylaştiriş va investitsiya loyihalari bajarilişi töğrisidagi ma'lumotlarni joylaştiradilar.

Veb-saytlarga qöyiladigan talablar tegişli vazirlik va idoralar tomonidan birgalikda işlab çiqiladigan nizom bilan tartibga solinadi.