Olimlarning fikriça, umumiy kasallaniş holatlari böyiça Covid-19’ning bu turi (ştammi) bilan Ispaniya va Buyuk Britaniyadagi 80, Irlandiyada esa 60 foiz odam zararlandi. Şveytsariya, Fransiya, Niderlandiya, hatto Yangi Zelandiyada ham 20A.EU1 tarqalgan.
«Men Covid-19’ning bunaqa turini şu paytgaça körmagandim. Koronavirusning tez sur'atlarda tarqalişi aynan uning mutatsiyasi bilan boğliqligi töğrisida esa hozirça dalillar yöq», deydi Bazel universiteti evolyutsion genetigi Emma Hodkroft.
Yana bir savol tuğiladi: hozir hamma olimlar ustida işlayotgan vaksinalar koronavirusning aynan şu ştammiga ham kor qiladimi?
«Uşbu virusning antigen xususiyatlari özgarmaydi. Unda qandaydir özgarişlar borligi töğrisida biror ma'lumot yöq. Katta ehtimol bilan biz hozir koronavirusga qarşi yaratgan va işlab çiqarayotgan vaksina yangi ştammga ham qöllanadi», deydi N.F.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi professori A.Alşteyn.
Virusolog A.Agranovskiy va A.Alşteyn bu ştammga qarata «undan qörqmasa ham böladi» degani mavjud vaziyatda taskin bölib turibdi.


















