Jahon | 17:42 / 02.11.2020
6646
1 daqiqa o‘qiladi

Polyak ayollariga Shvetsiyada abort qildirish taklif qilindi

Polshalik ayollar Konstitutsion sudning abortni taqiqlash haqidagi qaroridan so‘ng Shvetsiyaga borib u yerda homilani oldirib tashlashi mumkin. Bunday taklifni Shvetsiyaning Gender tenglik masalalari bo‘yicha vaziri Osa Lindxagen berdi.

Foto: Getty Images

«Mayli, polshalik ayollar Shvetsiyada abort qilishsin! Qachondir Polsha bizni himoya qilgani kabi, Shvetsiyaga ham polyak ayollarini himoya qilish vaqti keldi», – degan vazir.

Uning aytishicha, 1960 yillarda Shvetsiyada abort qildirish taqiqlangan hamda shu sababli minglab shvetsiyalik ayollar Polshaga borib homilalarini oldirib kelishgan. Shuningdek, vazir Shvetsiya tomonidan polshalik ayollarga bu xizmat bepul taklif qilinishiga erishmoqchi ekanligini aytgan.

Avvalroq Polsha prezidenti Andjyey Duda ikki haftadan ortiq davom etgan ommaviy noroziliklardan so‘ng abort haqidagi fikrini o‘zgartirib, homila rivojlanishida muammolar bo‘lsa uni oldirib tashlash huquqi borligini aytdi.

2016 yilda ham Polshada abortni butunlay taqiqlash haqida muhokamalar bo‘lgan edi. O‘shanda ayollarning ommaviy noroziligi tufayli loyiha bekor qilingan.

Mavzuga oid