Baby Shark (Kiçkina akula) qöşiğiga işlangan klip YouTube’da eng köp tomoşa qilingan videoga aylandi. 

Qöşiqni Xoup Segoyn ismli 10 yoşli janubiy koreyalik qiz ijro etgan. Klip Janubiy Koreyadagi Pinkfong ta'lim loyihasi doirasida tasvirga olingan va YouTube’da 2016 yil joylaştirilgan.

Ta'kidlanişiça, qöşiq dastlab Janubi-Şarqiy Osiyoda, keyinroq esa AQŞ va Yevropada ommalaşib ketgan. 

Video tomoşa qiliniş böyiça puertorikolik qöşiqçilar Luis Fonsi va Deddi Yanki ijrosidagi maşhur Despacito qöşiği klipidan özib ketdi. Despacito klipi ayni vaqtga kelib 7,03 mlrd marta tomoşa qilingan.