Ma'lum qilinişiça, uşbu qurilmalar 2 noyabr kunidan işga tuşirilib, töxtaş çiziği, sidirğa çiziq, «Qayriliş taqiqlangan» yöl belgisi, belgilangan tezlik va svetofor işoralariga amal qilmagan transport vositalari haydovçilarining qoidabuzarliklarini onlayn tartibda qayd etadi.

«Hurmatli haydovçilar! Barça yöllar nazoratga olinganini, hayotingiz va soğligingiz, şuningdek, oilaviy budjetingizga zarar keltirişni xohlamasangiz, yöl harakati qoidalariga amal qilişingizni sörab qolamiz», – deyiladi IIB xabarida.

Onlayn tarzda aniqlangan qoidabuzarliklar 3 kun içida körib çiqiladi.

Eslatib ötamiz, 17 oktyabrdan boşlab Farğona viloyatida jamoat joylarida niqobsiz yurgan fuqarolar kameralar yordamida aniqlanib, jarimaga tortilmoqda.