MODME texnik direktori va asosçisi Ruslan Yöldoşevning aytişiça, dasturçilarning iş haqi keyingi ön yil içida mehnat bozorida örtaça iş haqidan oşib boradi. 

“Özbekistonda, şaxsiy kuzatuvlarimdan kelib çiqadigan bölsam, mazkur sanoatda bir neça yildan beri faoliyat yuritib kelayotganlar 400 dollardan 800 dollargaça, tavsiya qilinadigan tajribaga ega bölganlar esa 1200-2000 dollargaça maoş oladi.

Agar global bozor haqida gapiradigan bölsak, masalan, yaqin tanişim masofaviy işlaş uçun oyiga 6000 dollar minimal iş haqi oladigan Frontend dasturlaş lidini bir neça hafta qidirdi. Özbekistonlik döstlarimning bir neçtasi uşbu taklifga qiziqiş bildirmadi, ehtimol, ular yetarli maoş olişyapti va ayni paytda özlari uçun qulay şaroitlarda işlayapti”, – deydi Ruslan Yöldoşev.

Iş haqi masalasi dasturçi bölişni istaydigan har bir kişini qiziqtiradi. Aslida, dasturçining iş haqi özgarib turadi va bu mutaxassisning tajribasiga boğliq. Mantiqan olib qaraganda, IT mutaxassisi qançalik tajribali bölsa, uning maoşi şunçalik baland böladi. Misol uçun, oddiy dasturçi 500-900 dollar va undan yuqori daromad olişi mumkin. Ammo u dasturlaşda yetarliça tajribaga ega bölsa, maoşi oyiga 2000 dollarga yetişi mumkin.

“Real loyihalarga ega yoş dasturçilar birdaniga katta maoş olişni istaşadi, biroq bu ilojsiz. Örtaça, qoniqarli bilimga ega bölgan boşlanğiç dasturçi 200-300 dollar atrofida haq olişi mumkin va u bunday pulni iş tajribasiz olganida yanada yaxşi bölar edi.

Haqiqiy loyihalar bilan işlaş borasida 2 yillik tajribaga ega dasturçilar allaqaçon 1000 dollar va undan yuqori iş haqi olişlari mumkin, bularning barçasi individual bölib, köp hollarda dasturlaş borasidagi qobiliyat va işlayotgan kompaniyaga boğliq. Şunga köra, katta tajribaga ega dasturçilar juda yaxşi pul olişi mumkin.

Bundan taşqari, asosiy işdan taşqari, har qanday dasturçi frilanserlik deb ataladigan uçinçi tomon buyurtmalarini bajarişi mumkin, bu esa uning daromadini oşiradi”, – deydi IT Park veb loyihalari boş işlab çiqaruvçisi va menejyeri Maksim Stifeyev.

Mahalliy bozorda Frontend, Backend, PHP dasturçisining iş haqi örtaça 8-10 million sömdan 20-30 million sömgaça, 1S dasturçida 3 million sömdan, Fullstack dasturçida 10-15 million sömdan 20-30 million sömgaça bölişi mumkin. Miqdorlar farq qiladi. Şunga qaramay, barçasi tajribaga, iş hajmiga va kompaniyaga boğliq. Bunda mutaxassislik muhim rol öynaydi.