Özbekistonda nur terapiya uskunasiga bölgan ehtiyoj jiddiyligiça qolmoqda. Avvallari uşbu tibbiy uskuna uçun bemorlar oylab navbat kutişgan bölsa, endi minglab kilometr yöl bosişga majbur bölişyapti. Asosan yuzaki teri ösmalarida qöllanadigan uşbu apparatning Özbekistonga zamonaviy turi keltirilgan va hududlarga tarqatilgan. Ammo tibbiy apparatlar negadir işga tuşirilmagan.

Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya markazi ma’lumotlariga köra, ilgari respublika böylab bor-yöği 5 dona nur terapiya uskunasi mavjud bölgan. Hozirda Islom taraqqiyot banki krediti hisobiga onkologiya muassasalari zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanmoqda. Jarayonlar deyarli yakunlangan.

“Natijada nur terapiya uskunalarining soni 51 donaga yetdi. Hozirda ularning aksariyati işga tuşirilgan va avval 3–6 oylab navbat kutiladigan nur terapiyasiga bölgan ehtiyoj butunlay bartaraf etildi.

Yaqin fokusli rentgen terapiya uskunasi asosan yuzaki teri ösmalarida qöllangani sabab avvallari faqat 2 ta hududiy filialda mavjud bölgan. Hozirda esa bunday uskunalarning eng zamonaviy 12 tasi turli hududlardagi onkologiya muassasalariga örnatilmoqda.

Qayd etilişiça, uşbu jihozlarni xarid qiliş jarayoni BMT tizimidagi UNOPS ixtisoslaşgan xalqaro taşkiloti orqali amalga oşirilgan. Uskunalarni örnatiş ikki bosqiçda olib borilmoqda. Birinçi bosqiçda maxsus bunkerlar qurilgan, uskunalar öz vaqtida yetkazilib, muassasalarga örnatilgan. Hozirda ikkinçi bosqiç – dozimetr uskunalarini örnatiş va işga tuşiriş jarayoni boşlangan. Ayni paytda dozimetr respublika markaziga örnatilgan bölib, 2025 yilning uçinçi çoragi yakuniga qadar barça filiallarga örnatiladi. Şundan söng uskunalar töliq faoliyat boşlaydi”, deyiladi markazning Kun.uz’ga taqdim qilingan ma’lumotida.

Qayd etilişiça, hozirda 2 ta hududda işlayotgan uskunalar eski bölib, yaqin kunlarda ularning örnini zamonaviy, yuqori texnologik va kam zararli yangi 12 ta rentgen terapiya uskunalari egallaydi.

Ammo mazkur tibbiy uskunalarning öz vaqtida işga tuşirilmasligi bemorlar uçun sarsongarçilikni yuzaga keltirmoqda.

“Toşkentda juda qimmat, şu sababli har muolaja paytida Buxoroga, xususiy klinikaga borib kelişga majbur bölyapman. Hatto yöl puli xarajatlarini qöşganda ham Buxoroga qatnaş Toşkentdagi muolaja pulidan arzon tuşyapti. Andijonda ham bor, lekin işga tuşmagan. Şu işga tuşsa bunaqa sarson bölib yurmasdik”, deydi Kun.uz’ga murojaat qilgan Andijon viloyatida yaşovçi bemor.

Kun.uz’ning aniqlaşiça, bu muammo faqat Andijon viloyati bilan boğliq emas. Boşqa viloyatlarga yetkazib berilgan uşbu turdagi uskunalar ham işga tuşirilmasdan, “çang bosib” turibdi.