AQŞ elçixonasi şu yilning 29 oktabr kunida koronavirusdan vafot etgan özbekistonlik olim Andrey Kubatin va uning adolat uçun bosib ötgan yölini 2 noyabr kuni e'lon qilingan bayonotida yodga oldi.
«AQŞning Özbekistondagi elçixonasi yaqinda qamoqdan ozod etilgan siyosiy mahbus va hurmatli olim Andrey Kubatinning 29 oktabr kuni 36 yoşida vafot etgani munosabati bilan uning oilasi, döstlari, hamkasblari va talabalariga çuqur hamdardlik bildiradi. Biz u va uning oilasi bilan tanişiş şarafiga muyassar bölgan edik.
Kovidga qarşi kuraşda mağlub bölişdan oldin, Andrey özining demokratik tamoyillariga bölgan sadoqati, şuningdek özining fundamental huquqlari buzilgan çoğda adolatni himoya qilişda körsatgan şaxsiy jasorati bilan köpçilikni ilhomlantirdi. Uni taniganlar yoki uning taqdiri töğrisida bilganlar uning uşbu huquqlar uçun töğridan-töğri va samarali kuraşişga bölgan qat'iyatidan ta'sirlandilar. U ozodlik va adolat sari intilayotganlarning barçasiga namuna edi», — deyiladi bayonotda.
Kubatin 2019 yil dekabrdan buyon Özbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazida faoliyat yuritib kelayotgandi.
2019 yil 26 sentabr kuni Toşkent viloyati sudida Kubatinning işi qayta körib çiqilgan va olim töliq oqlanib, sud zalidan ozod etilgandi. Toşkent davlat şarqşunoslik institutining katta öqituvçisi bölib işlagan yoş olim 2017 yili Jinoyat kodeksining 157-moddasi («Davlatga xoinlik qiliş») nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda ayblanib hibsga olingandi. Öşa yili Kubatinga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangandi.
Kubatin va uning turmuş örtoği, olima Feruza Jumaniyozova Kun.uz'ga intervyu berib, qiziqarli suhbat davomida hayotlarining ommaga ma'lum bölmagan qirralari, ilm va olim tiynati, tarixçi olimni qiynagan muammolar, şuningdek, ilmiy faoliyatlari haqida

















