Oçiliş marosimida X.Bozorov va B.Normatov sözga çiqib, zavodda zamonaviy va ekologik jihatdan tozaroq dizel yoqilğisini işlab çiqarişning yölga qöyilişi nafaqat viloyat, balki respublika iqtisodiyotini yuksaltirişda muhim qadam ekanini ta'kidlaşdi.

Şundan söng tadbir iştirokçilariga 2020 yildan 2023 yilgaça bölgan davrda FNQZni modernizatsiya qiliş dasturining video-taqdimoti namoyiş qilindi. «Yevro-4» va «Yevro-5» sinfidagi dizel yoqilğisini işlab çiqariş uçun «start» tugmasi bosildi.

Farğona neftni qayta işlaş zavodi boş muhandisi Dilşod Örinboyevning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, modernizatsiya qiliş investitsiya loyihasiga köra, 2020-2023 yillarda FNQZda gidrokreking va izomerizatsiya (yoqilği va moy mahsulotlari oliş usuli) jarayonlarini bosqiçma-bosqiç joriy etiş hamda «Yevro-5» standartidagi AI-92 avtomobil benzini va dizel yoqilğisi, Jet A-1 aviayoqilğisi hamda II/III guruhga mansub moy mahsulotlari işlab çiqarişni yölga qöyiş közda tutilgan.

Fransiyaning «Axens» kompaniyasi yetkazib beradigan uskuna va jihozlarning litsenziyari sifatida, Buyuk Britaniyaning «Amec Foster Wheller – WOOD» kompaniyasi esa asos loyihasini işlab çiqaruvçi sifatida iş yuritmoqda.
Ayni paytda mazkur zavodning GDS (dizel yoqilğisini oltingugurt birikmalaridan tozalaş) qurilmasidagi 1,3 million AQŞ dollar qiymatli katalizator almaştiriş yöli bilan birinçi bosqiç işlari amalga oşirilib, «Yevro-4» va «Yevro-5» markali dizel yoqilğisini işlab çiqariş yölga qöyildi.

















