«Bugun koronavirusga qarşi vaksinaning uçinçi faza sinovlarini ötkaziş böyiça xitoylik hamkorlarimiz Özbekistonga taşrif buyurişdi. Bu avvalo, barça jarayonlarni rejalaştirişdir. Hamkorlar bilan vaksina sinovlari ötkaziladigan oilaviy poliklinikalar bilan tanişiş va sinov tuzilmasini işlab çiqiş masalasida gaplaşib oldik.

4 kişi keça kelgan bölsa, yana 5 nafar xitoylik mutaxassislar kelişini kutyapmiz. Ular 4 oy davomida sinovlarni ötkaziş jarayonida biz bilan birga iş olib borişadi. Vaksinalar sinovini qanday ötkaziş kerakligi, tartib qanaqa bölişi va ularning kuzatuvi qay tarzda olib borilişi böyiça birinçi galda şifokorlarimiz bilan treninglar ötkaziş rejalaştirilmoqda.

Ikkinçidan, umumiy jarayonni muvofiqlaştiriş böyiça işlarni yölga qöyamiz.

Xitoy kompaniyasi tomonidan jönatilgan vakillar sinovlar asosan qaysi poliklinikalarda ötkazilişi böyiça savollar berişdi.

Ikkita markazimiz bor: Ilğor texnologiyalar markazi va Soğliqni saqlaş vazirligi Virusologiya instituti. Ularning rahbariyati ham uçraşuvda iştirok etişdi. Savollarga javob berdik.

Xitoyliklar birinçi galda sinov ötkaziladigan oilaviy poliklinikalar va ulardagi şart-şaroitlar bilan qiziqişdi.

Ikkinçisi, hamkorlarimiz har bir oilaviy poliklinikadan öntadan şifokor va hamşiralar tanlab olib ular bilan suhbat ötkazişmoqçi.

Keyingi haftadan şifokorlarimizga treninglar ötkaziladi», deya Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ibrohim Abdurahmonov

Ma'lum qilinişiça, duşanba kunidan boşlab hamkorlar bilan birga ikkita markaz rahbariyati öşa oilaviy poliklinikalarga borişadi.

Bu jarayonda şifokorlar uçun tanlov ökaziladi, ular bilan suhbatlaşiladi. Keyin öquv-treninglar taşkil etiladi.

«Söngra xalqimiz uçun ijtimoiy roliklar tayyorlaymiz. Tanlangan poliklinikalarning manzili, ular bilan boğlaniş uçun kontaktlarni beramiz. Murojaat qilgan köngillilar bilan suhbatlar ötkazilib, ularga tuşuntiriş işlari olib boriladi.