Yaqin vaqt içida Fransiya YeI çegaralarida xavfsizlikni ta'minlaş maqsadida Şengen hududini isloh qiliş böyiça takliflarini taqdim etadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanyuel Makron ma'lum qildi.
“Şengen hududini isloh qilişimiz zarur. Birinçi navbatda, YeI taşqi çegaralarida xavfsizlikni kuçaytiriş uçun”, – dedi Makron.
Uning qöşimça qilişiça, Parij yaqin kunlarda Şengen hududini isloh qiliş böyiça taklif bilan çiqadi va uni YeIning boşqa mamlakatlariga taqdim etadi.
Fransiya prezidenti “içki xavfsizlik kengaşiga öxşaş biror narsa” taşkil etişni taklif qildi. U Şengen hududining isloh qilinişi “bir vaqtning özida ham erkinlik, ham xavfsizlikni ta'minlaşni” nazarda tutişini ta'kidladi.
“Biz Şengen makoni xavfsizlik makoni ham bölişi uçun uni isloh kilişimiz darkor, bu Yevropa ittifoqi taşqi çegaralarining mustahkamlanişini, Şengen mexanizmi faoliyatining yaxşilanişini anglatadi”, – deb qöşib qöydi u.

















