Ijtimoiy tarmoqlarda Xalq ta'limi vaziri örinbosari Dilşod Kenjayev imzolagan xat surati paydo böldi. Unda maktablarda darslar boşlanişi oldidan öquvçi va öqituvçilar jör bölib madhiya kuylaşi, tanaffus vaqtida esa vatan haqidagi qöşiq va şe'rlar eşittirilişi kerakligi aytilgan.

Dilşod Kenjayev xat haqiqiy ekanini Kun.uz'ga tasdiqladi.

2 noyabr sanasi bilan imzolangan xat tizimning 14ta hududdagi mas'ul rahbarlariga yöllangan. Bunday topşiriq berilişiga Prezident Administratsiyasining 23 oktyabrdagi yiğilişi bayoni asos bölgan.

«Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2020 yil 23 oktyabrdagi (№ 02-3041, 7-sonli) yiğilişi bayonining 8-bandi ijrosini ta'minlaş maqsadida, Sizdan, tasarrufingizdagi barça umumta'lim muassasalarida har kuni dars boşlanişidan oldin sinf xonalarida (ikki smenali ta'lim muassasalarida ham darsdan oldin) Özbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini öquvçi va öqituvçilar tomonidan jör bölib kuylanişini hamda tanaffus vaqtlarida Vatan haqidagi qöşiq va şe'rlarning (ta'lim muassasalarining imkoniyatlaridan kelib çiqib, radio tarmoği yoki ovoz kuçaytirgiç orqali) eşittirilişini taşkil etişingiz söraladi.

Şu munosabat bilan, Xalq ta'limi vazirligi tomonidan «Umumta'lim maktablarida «Yangi Özbekiston – yangiça dunyoqaraş» tarğibot-taşviqot tadbirlarida öqiladigan şe'rlar eşittirilişini taşkil etiş böyiça tavsiyalar» 1-ilovaga, «Umumta'lim maktablarida vatanparvarlik ruhidagi qöşiqlarni taşkil etiş böyiça tavsiyalar» 2-ilovaga hamda «Umumta'lim maktablarida foydalaniş uçun tavsiya etilgan videoroliklar röyxati» 3-ilovaga muvofiq yuborilmoqda», – deyiladi xatda.

Dilşod Kenjayevning Kun.uz'ga bildirişiça, umumta'lim muassasalarida madhiyani kuylaş, qöşiq va şe'rlarni eşittiriş öquvçilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda muhim omil bölib xizmat qiladi.

Vazir örinbosariga köra, tanaffus vaqtida eşittiriladigan qöşiqlar – maşhur özbek xonandalarning Vatan haqidagi kuy-qöşiqlaridir.

«Yangiça Özbekiston – yangiça dunyoqaraş» tarğibot-taşviqot tadbirlarida özbek adabiyotining namoyandalari – Çölpon, Fitrat, Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boşqa yozuvçi, şoirlarning ijod namunalarini eşittiriş tavsiya etilişi qayd etilgan. Röyxatda 50 nafar ijodkorning şe'rlari örin olgan. Eşittiriladigan qöşiqlar röyxatida esa 41 nafar xonandaning şunça miqdordagi ijod namunasi keltirilgan», – dedi u.