“Al Jazeera” telekanalining Fransiya Taşqi işlar vazirligiga tayanib xabar berişiça, tadbir Fransiya elçixonasi tomonidan taşkillaştirilgan va unda Yevropa ittifoqi va boşqa davlatlar delegatsiyalari iştirok etgan. Portlaş oqibatida bir neça kişi jarohat olgan. Fransiya taşqi işlar vazirligi “heç narsa bilan asoslanmagan” uşbu hujumni qoralagan.
Marosim vaqtida qölbola portlovçi qurilma harakatga keltirilgan.
Fransiya tomoni Jiddadagi fuqarolarini şahar böylab harakatlanişda ehtiyotkor bölişga va gavjum joylarga bormaslikka çaqirgan.
“Jiddadagi nomusulmonlar qabristonida portlaş yuz berdi. Yengil jarohat olgan 4 kişi, jumladan bir grek bor”, deb ma'lum qilgan ismi keltirilmagan gretsiyalik dimlomat.
“Al Ikhbariya” telekanalining xabar berişiça, voqeadan keyin qabriston atrofida kordon qöyilgan. Telekanalning ma'lum qilişiça, portlaş oqibatida Gretsiya konsulxonasi xodimi va podşohlik xavfsizlik xizmati xodimi jarohat olgan.
Bu Jiddada oxirgi kunlarda xorijliklarga qarşi sodir etilayotgan ikkinçi hujumdir. Oktyabr oxirida saudiyalik fuqaro Fransiyaning Jiddadagi konsulxonasi qöriqçisiga piçoq bilan hujum qilgan va uni yaralagan.
Oktyabr va noyabrda musulmon davlatlarida Muhammad alayhissalomning karikatura qilingan rasmi e'lon qilinişi va Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronning bu boradagi bayonotlariga qarşi norozilik namoyişlari bölib ötdi.
Noroziliklar 16 oktyabrda Fransiyada çeçen millatiga mansub 19 yoşli Abdulloh Anzorov dars vaqtida öz öquvçilariga söz erkinligining namoyişi sifatida Muhammad alayhissalomning karikatura qilingan rasmini körsatgan öqituvçini öldirganidan keyin boşlangan. Makron öqituvçining öldirilişini “islom terrorçiligiga xos xatti-harakat” deb atagan. Fransiya prezidenti undan avvalroq, oktyabr boşidagi ma'ruzasida “islom dini dunyo böylab inqiroz holatini boşdan keçirmoqda” deya ta'kidlagan.

















