Oltin haykal balandligi 6 metr. U 9 metr balandlikdagi poydevorga örnatilgan. Bu haqda «Turkmaniston Bugun» agentligi xabar berdi.
Poydevorga monitor qadalgan bölib, 10 noyabrdagi oçiliş marosimida monitorlar orqali şu zotli itlar iştirokidagi videoroliklar namoyiş etilgan.
Gurbanguli Berdimuhamedov «bu ajoyib hayvonlarning mislsiz jasorati va insonga naqadar ğamxörligiga hurmat va ehtirom körsatiş» joizligini aytib, millatning tarixiy taqdirida olabaylar tutgan rolni va ularning xalq hayotida egallagan örnini e'tirof etgan.

Turkmaniston ilgaridan oltin yodgorliklari bilan tanilgan. Ular respublikaning birinçi prezidenti Saparmurod Niyozov davrida örnatila boşlangan. 2017 yilda Niyozovning oltin yodgorliklaridan biri demontaj qilingan. 2015 yilda Aşxabodda amaldagi prezident Berdimuhamedovga atab yodgorlik örnatilgandi.
Ikki yil oldin Gurbanguli Berdimuhamedovga oltin ştanga sovğa qilişgan, u mamlakat Vazirlar Mahkamasi yiğilişi paytida hukumat a'zolariga özining ştanga kötariş mahoratini namoyiş etgan.

















