7 noyabr kuni ötkazilgan korrupsiya masalalariga doir idoralararo yiğilişda Moliya vaziri örinbosari Odil Isoqov davlat xaridlari masalasiga töxtalib ötdi. U davlat xaridlari — eng dolzarb mavzulardan biri ekanini ta'kidladi.

2020 yilning 9 oyidagi statistika ma'lumotiga köra, jami 85 trillion sömlik davlat xaridlari amalga oşirilgan. Xususan, budjet buyurtmaçilari tomonidan – 33 trillion, korporativ buyurtmaçilar tomonidan – 35,5 trillion, strategik ahamiyatga ega xöjalik  jamiyatlari va korxonalari tomonidan – 17,4 trillion sömlik xarid amalga oşirilgan.

Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqovning ma'lum qilişiça, töğridan töğri şartnoma qiliş orqali olingan davlat xaridlari 37 foizni taşkil qilyapti.

«Bu juda ham yuqori körsatkiç, afsuski. Mana şuning ustida yana köproq işlaşimiz kerak. Hozirgi kunda «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonun loyihasi Oliy Majlisning Qonunçilik palatasiga kiritilgan. Bu hozirda Oliy Majlis fraksiyalari tarafidan bevosita körib çiqilyapti», — dedi u.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burxonov davlat xaridlari tizimida qonun talabi buzilayotgani, ammo bunga yaraşa javobgarlik yöqligini ta'kidlagandi. Şu tufayli, qonunning yangi tahrirdagi loyihasi parlamentga kiritilgan va deputatlar tomonidan qabul qilinişi kutilmoqda. Qonun loyihasidagi özgartiş va qöşimçalar haqida Moliya vazirligi mas'ul xodimi Kun.uz’ga ma'lumot bergandi.

Avvalroq, Surxondaryo viloyati davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari tomonidan amalga oşirilgan qariyb 3 mlrd sömlik davlat xaridlari haqida ma'lumotlar tarqaldi. Jumladan, Moliya vazirligi tomonidan “Neksiya-3” rusumli xizmat avtomaşinasi sotib olişga rozilik berilganiga qaramay, Surxondaryo viloyati Davlat soliq boşqarmasi tomonidan 349 mln sömga Equinox avtomobilini xarid qilgan. Pandemiya davrida hokimlik va budjet taşkilotlari tomonidan qimmatbaho avtomobillarni xarid qiliş holatlari tez-tez uçrab turibdi.