Hujjat prezidentning "Özbekiston Respublikasida pillaçilik va qorakölçilikni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida" 2020 yil 2 sentyabrdagi PF-6059-son farmoni hamda "Özbekiston Respublikasi Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida" 2020 yil 2 sentyabrdagi PQ-4817-son qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan.
 
Qaror bilan:

Özbekiston Respublikasi Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi töğrisidagi nizom (1);

"Özbekipaksanoat" uyuşmasi huzuridagi Pillaçilikni rivojlantiriş jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş va undan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom (2);

Özbekiston Respublikasi bojxona çegarasi orqali ipak çiqindilari va xom ipakning olib çiqilişini monitoring qiliş tartibi töğrisidagi nizom (3) tasdiqlandi.
 
Nizom (1) Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini taşkil etiş tartibini belgilaydi. Qömitaga bir oy muddatda hududiy boşqarmalari töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş topşirildi.
 
Nizom (2) mustaqil yuridik şaxs bölmagan jamğarma maqomini, daromadlari manbalari va mablağlardan foydalaniş yönalişlarini belgilaydi. Ipak çiqindilari va xom ipakni eksport qilişda tuşadigan mablağlar jamğarma daromadlarining asosiy manbasi hisoblanadi. Jamğarma pilla xomaşyosini çuqur qayta işlaş böyiça loyihalarni, pillaçilikni rivojlantiriş böyiça xalqaro yiğilişlar ötkazilişi va boşqa belgilangan xarajatlarni moliyalaştiradi.
 
Nizom (3) pillaçilik taşkilotlari tomonidan bojxona çegarasi orqali TIF TN 5002 va 5003 kodlari bilan tasniflangan tovarlarni eksport qilişni monitoring qiliş tartibini belgilaydi. Eksport qiluvçilar «Özbekipaksanoat» uyuşmasiga eksport kontraktlari nusxalarini, narxlar kalkulyatsiyasini, eksport qilinadigan tovarning har bir kilogrammi uçun 0,05 dollar miqdorida bojxona yiğimi tölanganligi töğrisida tölov hujjatini taqdim etişlari kerak.
 
Hujjat 11.11.2020 yildan kuçga kirdi.