«Uyingizda röyxatdan ötib yaşayotganlar töğrisida ma'lumotnoma kerakmi yoki öşa biz bilgan 17-forma ma'lumotnomasini qanday oliş kerak deysizmi? Bu endi juda oson», - deyiladi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabarida.
Ta'kidlanişiça, endilikda içki işlar bölimlariga borib, navbatda kutib oladigan ma'lumotnomani Yagona portal (my.gov.uz) orqali oliş imkoniyati yaratildi.
Qayd etilişiça, Yagona portalda «Doimiy yaşaş joyida röyxatdan ötib yaşovçilar soni töğrisida ma'lumotnoma» xizmatini tanlab, ma'lumotnomani onlayn tarzda oliş mumkin.
Xizmat avtomatlaştirilgan va qisqa muddat içida taqdim etiladi.

















