Hukumatning 2026 yil 30 yanvardagi 38-son qarori bilan “Özbekiston fuqarolarining yaşaş joyi manzilini hamda ularga tegişli köçmas mulkda yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötgan şaxslar töğrisidagi ma’lumotni tahrirlaş böyiça davlat xizmatini körsatiş”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga köra, davlat xizmati quyidagi holatlarda körsatiladi:
- fuqaro murojaati asosida yaşaş joyi manzili töğrisida tizimdagi notöğri ma’lumotni tahrirlaş va tahrirlangan qayd varağini beriş;
- mulkdor murojaati asosida uning köçmas mulkida yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötgan şaxs(lar) haqidagi notöğri ma’lumotni tahrirlaş va manzil böyiça röyxatdan ötganlar haqida tahrirlangan ma’lumotnoma beriş.
Mazkur xizmatni körsatiş böyiça vakolatli organ sifatida Içki işlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallaştiriş departamenti hamda uning hududiy bölinmalari belgilangan.
Qanday murojaat qiliş mumkin:
- vakolatli organga yoki Davlat xizmatlari markaziga şaxsan murojaat qiliş;
- YaIDXP (my.gov.uz) orqali elektron şaklda foydalaniş uçun röyxatdan ötiş.
Vakolatli organga kelib tuşgan sörovnoma 3 iş kuni mobaynida körib çiqilişi belgilangan.
Sörovnomada körsatilgan ma’lumotlar örganilgandan söng, tahrirlangan ma’lumot tizim orqali QR-kod qöygan holda tasdiqlanadi va şu kunning özida ariza beruvçiga xabarnoma yuborilişi qayd etilgan.

















