Şaxslarning yaşaşi uçun uy-joy maydonini beruvçi turar joy mulkdori yoki uni tasarruf etiş huquqiga ega şaxs uşbu şaxslarni yaşaş joyi yoki turgan joyi böyiça öz vaqtida röyxatdan ötkazişi kerak.
Joylaştiriş vositalarida turgan şaxslarni turgan joyi böyiça xabardor qiliş tartibida röyxatdan ötkaziş mas’ul xodimlar tomonidan E-mehmon tizimi orqali amalga oşiriladi.
Özbekistonning xorijda doimiy yaşovçi fuqarolari Özbekistonga kirgan kundan 10 iş kunidan keçiktirmay yaşaş joyi yoki turgan joyi böyiça röyxatdan ötişi şart.
Özbekiston fuqarolarini yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötkaziş quyidagilarda amalga oşiriladi:
▪️ içki işlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmalarida;
▪️ davlat xizmatlari markazlarida;
▪️ YaIDXP (my.gov.uz) orqali.
Yaşaş joyi va turgan joy böyiça röyxatdan ötkazişda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etiş talab qilinadi.

















