Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Aziz Meliboyev joriy o‘quv yilidan faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan 725 ta yangi professional ta'lim muassasalariga qabul masalasida ma'lumot berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Kasb-hunar maktablari
Meliboyevga ko‘ra, 2020/21 o‘quv yili uchun jami 339 ta kasb-hunar maktablariga 81 464 nafar 9-sinfni tamomlagan maktab bitiruvchilari qabul qilingan. Bu – jami bitiruvchilarning 16,7 foizi demakdir.
«Ularning 5 275 nafari (6,5 %)ni esa ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oila farzandlari tashkil qiladi. Bugungi kunda Kasb-hunar maktablarining 311 tasida an'anaviy, 28 tasida onlayn shaklda ta'lim jarayonlari olib borilmoqda.
Shuningdek, ta'lim jarayoni onlayn shakldan an'anaviy shaklga bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda. O‘quvchilar umumta'lim fanlaridan ijara tizimi asosida darsliklar bilan ta'minlanmoqda», – dedi vazirlik vakili 16 noyabr kungi matbuot anjumanida.
Kollejlar
Aziz Meliboyevga ko‘ra, joriy o‘quv yili uchun 26 ta vazirlik va idoralar tizimidagi 201 ta kollejga jami 81 325 nafar o‘quvchini (shundan 12 762 nafari davlat granti, 68 563 nafari to‘lov-kontrakt asosida) qabul qilish belgilangan. Jami 106 981 nafar abituriyentdan ariza kelib tushgan.
«Tushgan hujjatlar sonining bilim sohalari kesimidagi ulushi: «Ta'lim»da – 41,4 foiz, «Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minotda»da – 40,6 foiz, «Muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari»da – 7,4 foiz, «Xizmatlar»da – 5,6 foiz, «Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq»da – 3,0 foiz, «Qishloq xo‘jaligi»da – 1,8 foiz, «Gumanitar fanlar va san'at»da – 0,2 foiz, «Fan»da – 0,03 foiz»,











