2020/21 öquv yili boşlanişidan oldin Xalq ta'limi vazirligi Kundalik tizimiga ulangan maktab öquvçilarining ota-onalariga qoğoz kundalik sotib olmasliklari, uning örniga elektron muqobiliga obuna böliş lozimligini ma'lum qilgan edi.

Elektron Kundalik platformasi bilan işlaş uçun ajratilgan sinov muddati tugagani munosabati bilan, elektron kundalik platformasining boşqa funksiyalaridan foydalaniş uçun obuna böliş lozim böladi.

Qoğozli örniga elektron Kundalik

Elektron Kundalik platformasiga obuna narxi qoğoz kundalikning örtaça narxiga teng — 9 200 söm. Uç va undan ortiq farzandi bor oilalar uçun 10 foizlik çegirma mavjud.

Uşbu miqdorni tölab, ota-ona va öquvçining istagan boşqa yaqin qarindoşlari bir kalendar yil davomida bolaning maktab hayotini kuzatiş imkoniga ega böladi.

Elektron tölovning ikki yöli mavjud: plastik karta hamda CLICK tölov tizimi orqali. Elektron kundalik uçun tölovni amalga oşiriş yöriqnomasi bilan bu yerda tanişiş mumkin.

Kundalik obunasi uçun tölovni 30 noyabrdan e'tiboran amalga oşiriş mumkin.

Eslatib ötamiz, 23 noyabrdan sinov muddatining oxirgi 7 kuni boşlanadi. Ota-onalarga özlarining profillaridan kiriş va barça farzandlarining kundaliklarini köra olişlarini tekşirişlari tavsiya etiladi.

Kundalik’da ota-onaning bitta akkauntiga har bir farzandini «boğlaş» mumkin. Buning uçun farzandingiz ta'lim olayotgan muassasaga murojaat qiliş lozim.

Foydali jihatini bilasizmi?

Elektron kundalik yordamida ota-onalar işdan çalğimagan holda masofadan turib farzandlarini barça baholaridan, maktab hayotidan xabardor bölişi, sinf rahbari va boşqa öqituvçilar bilan doimiy aloqada bölib, bolada öquv jarayoni bilan boğliq qiyinçiliklarni öz vaqtida yengişga yordam berişi mumkin.

Öqituvçining vaqti tejaladi!