BBC’ning yozişiça, Yangi Zelandiya politsiyasida hijob uslubidagi formalar ustida iş 2018 yilda örta maktablarga taşrif buyurgan politsiya xodimlari söroviga binoan boşlangan. Tasdiqlangan forma mamlakatning turfa xil qaraşdagi odamlariga inklyuziv tarzda xizmat körsatişga yordam berişi mumkin. 

Konstebl Zina Ali bunday forma kiyişni söragan birinçi xodim va u formani işlab çiqiş jarayoniga taklif qilingan. Zina hijob formasini kiygan Yangi Zelandiyadagi birinçi xodim ham böldi.

“Men muslima ayollar ham politsiyada köproq işlaşi kerakligini his qilaman. Yangi Zelandiyada hijob politsiya formasining bir qismi sifatida namoyiş qilinişi juda yaxşi. Öylaymanki, buni körgan muslimalar politsiya sohasiga köproq qiziqişi mumkin”, – deydi Zina Ali.

Yangi Zelandiyadan taşqari, hijob uslubidagi formalarga London metropoliten politsiyasida 2006 yilda, Şotlandiyada esa 2016 yilda ruxsat berilgan.