Viloyat hokimligi xabariga köra, farmoyişga asosan bojxona xizmati podpolkovnigi Bahodir Qutlimurodov Buxoro viloyati bojxona boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar Bahodir Qutlimurodov Navoiy viloyati bojxona boşqarmasi boşliği lavozimida xizmat olib borgan.
B. Qutlimurodov 1983 yil 4 aprelda Xorazm viloyati Urganç tumanida tuğilgan. 2005-2015 yillarda Xorazm viloyati bojxona boşqarmasi tarkibiy tuzilmalarida xizmat qilgan. 2015-2017 yillarda Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi boşliği örinbosari, 2017-2020 yillarda Navoiy viloyati bojxona boşqarmasi boşliği lavozimlarida işlagan.
Ayni paytga qadar Buxoro viloyati bojxona boşqarmasi boşliği vazifasida işlab kelgan Doniyor Salimov esa Bojxona institutining moliya-iqtisod va xöjalik işlari böyiça örinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

















