«Bolalarning ta'lim oliş huquqi: pandemiya davridagi dolzarblik, bardavomlik va innovatsiyalar» mavzusidagi forum «Zamin» fondi va BMTning Özbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida, 20 noyabr – Jahon bolalar kuni arafasida taşkil etildi.
Ziroat Mirziyoyeva öz nutqida nogironligi bölgan bolalar ta'limi açinarli ahvolda qolayotganini qayd etdi.
«YuNeSKO ma'lumotlariga köra, pandemiya tufayli hanuzgaça dunyodagi maktab öquvçilarining uçdan bir qismi an'anaviy ta'lim oliş imkoniyatiga qayta olmayapti. Bu juda açinarli albatta. Uşbu muammo onlayn öquv kurslari orqali qisman hal qilinişiga erişilyapti. Lekin nogironligi bölgan bolalar ta'limi masalasi hanuzgaça juda açinarli ahvolda qolmoqda.
Bugun fursatdan foydalanib, uşbu bolalarga ham boşqa bolalar kabi teng imkoniyat va şaroit yaratiş, ularning barça huquqlarini ta'minlaş öta muhim masala ekanini ta'kidlamoqçiman. Va nafaqat davlat idorasi mutassadilari, balki butun jamoatçilikni mazkur masalaga jiddiy mas'uliyat bilan qaraşga çaqirib qolaman.
Çunki har bir bolaning özligi bor. Bolalar har xil bölganligi bilan ularning huquqlari teng bölişi lozim. Şu sababli ta'lim jarayonlarida har bir bola uçun individual yondaşuvni topiş, heç bir öğil va qizni e'tibordan çetda qoldirmaslik zarur», – dedi u.
Fond raisi nogironlik tibbiy masala emas, birinçi navbatda inson huquqlari masalasi ekanini ta'kidladi.
«Ötgan davrda bu sohada mustahkam huquqiy poydevor yaratildi, önlab qonunlar qabul qilindi. Respublikamiz BMTning «Bola huquqlari töğrisida»gi Konvensiyasiga qöşildi va uning ratifikatsiya qilinişi ilk xalqaro hujjatlardan biri böldi.
Şu yilning 23 sentyabr kuni qabul qilingan yangi tahrirdagi «Ta'lim töğrisida»gi qonunga ilk bora «inklyuziv ta'lim» tuşunçasi kiritildi. Şuningdek, «Nogironligi bölgan şaxslar huquqlari töğrisida»gi qonunda ilk bor «nogironlik belgisiga köra kamsitilişga yöl qöymaslik» tamoyili kiritildi.
Nogironlik endilikda tibbiy masala emas, balki birinçi navbatda inson huquqlari masalasi deya qonuniy e'tirof etildi.
Şuni ta'kidlaş joizki, nogironligi bölgan bolalar uçun tösiqlardan xoli va inklyuziv muhitni yaratiş

















